OZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI

                 JAHON IQTISODI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI

                        SIYOSATSHUNOSLIK KAFEDRASI



                                    [pic]



          Mavzu:Birinchi jahon urushi davrida xalqaro munosabatlar



                                          Tayyorladi:Sultonov B.N.3-1a-00,XM
                                       Tekshirdi:T.f.d.,prof., Farmonov R.F.



                                TOSHKENT-2003
                                  Mundarija



 1. Kirish 3
 2. Urushning sabablari     4
 3. Antanta davlatlarining bosqinchilik rejalari  5
 4. Germaniyaning bosqinchilik rejalari      7
 5. 1914-1917 yillardagi jangovor harakatlar 8
 6. Bolgariyaning urushga qoshilishi  12
 7. Birinchi jahon urushi davrida Yaponiya   14
 8. Birinchi jahon urushining yakunlanishi   17
 9. Xulosa 18
10. Foydalanilgan adabiyotlar     19



                                   Kirish
    XIX asr oxiri  XX asr boshlarida keskinlashgan dunyoni  qaytadan
bolib olish uchun bolgan kurash Evropa davlatlarining ikki guruhi
shakllanishiga olib keldi.Birinchi guruhda Germaniya boshchiligidagi Avstro-
Vengriya, Turkiya va Bolgariya bor edi. Ikkinchi  guruhga esa Angliya,
Franciya, chor Rossiyasi kirgan edi. Keyinroq unga Italiya, Amerika Qoshma
Shtatlari  va boshqa davlatlar  qoshildilar.
    Davlatlarning mazkur ikki guruhi ortasida  mustamlakalarni bolib
olish, tasir doiralarini qaytadan taqsimlash va XX asr boshlarida  vujudga
kelgan kuchlarning yangicha ozaro nisbatiga mos ravishda yangi jaxon
tartiblarini qaror toptirish uchun kurash borar edi. Bu shiddatli  va
ayovsiz  kurashning oziga xos xususiyati shunda ediki, u milliy manfaatlar
uchun emas, balki hali bolib  olinmagan yerlarni qolga kiritish uchun
intilayotgan yirik sarmoya egalarining manfaati uchun olib borilmoqda edi.
Bu  dunyoni qaytadan bolib olish, ulkan daromad va jahon bozorida alohida
imtiyozlarga ega bolish uchun kurash edi.
    1914 yil yozida Germaniya qayta qurollanish boyicha Antanta
mamlakatlarini, harbiy tayyorgarlik boyicha Rossiya va Franciyani ortda
qoldirdi. Mamlakat armiyasini jangovor holatga keltirish rejasi 1914 yil 31
martdayoq tayyorlab qoyilgan edi. Bu narsa Germaniyaga  juda qol kelar
edi. Chunki u oz raqiblaridan ustunlikka erishgan va  urushni boshlash
uchun eng qulay vaziyat edi. Ushbu  ustunlik ham birinchi jahon urushining
tezlashishiga sabab boldi.
    Avstriya imperatori Franc-Iosif(1830-1916) ancha keksaygan va
hayotining songgi kunlarini okazmoqda edi. U mamlakatning songgi
podshoxi bolib, deyarli 60 yil hukmronlik qilgan va avtoritar, yakka
hukmronlik davlati tarafdori edi. Avstro-Vengriya  siyosiy hayotida  uning
jiyani, taxt vorisi  ercgercog Franc-Ferdinandning ahamiyati katta edi. U
Serbiyani tor-mor  qilish va bosib olish rejalarini tuzayotgan harbiy
partiyaning rahbari edi. 1914 yil iyun oyi songida Franc-Ferdinand
Serbiyaga bostirib kirishga hozirlik korayotgan Avstriya qoshinlarini
korikdan otkazish uchun Bosniyaga borishga qaror qiladi.
    Sarayevo shaxri boylab sayohati chogida  Franc-Ferdinand va uning
xotini serb armiyasi oficerlaridan tuzilgan  Qora qol tashkiloti
azolari tomonidan oldiriladi.
Berlin va Vena uchun xuddi shunday bahona kerak edi. Boshqa vaziyatda
nizoni balki diplomatik yol bilan hal qilsa bolar edi, ammo sodir bolgan
bu voqea Germaniya va Avstro-Vengriya  uchun qulay paytda urushni boshlash
imkoniyatini tugdirdi. Berlinda Rossiya hali urushga tayyor  emasligini
bilsalar-da, Rossiya ozining imkoniyatlarini safarbar qila olishini  va
ittifoqchilar topa olishini ham yaxshi anglar edilar.
    Avstro-Vengriya hukumati Germaniya hukumati bilan maslahatlashib, 1914
til 23 iyulda   Serbiyaga ultimatum berdi. U ozini hurmat qiladigan hech
bir davlat qabul qila olmaydigan qopol va keskin uslub bilan bitilgan edi.
Berlin va Venadagilar xuddi shunday bolishiga umid boglagan edilar.
Rossiyaning Avstro-Vengriya va germaniyani tinchlantirishga urinishlari
behuda ketdi. Jang shiddat bilan yaqinlashib kelar edi. Urush bombasi
Yevropada, uning portlovchi ozagi esa Sarayevoda  edi. Bu bomba malgam
portladi. 1914 yil 29 iyulda   Rossiya imperatori Nikolay II harbiy
safarbarlik haqidagi buyruqni imzoladi. 1 avgust  kuni ham Germaniya
safarbarlik elon qildi va shu kiniyoq Rossiyaga  urush ochdi. Rus-german
urushi boshlandi. 1914 yil 3 avgustda Germaniya Franciyaga urush elon
qildi. 4 avgustda esa Angliya Germaniyaga urush elon qildi. Urush
gildiragi shiddat bilan aylanib ketdi. 1914 yil 23  avgustda Yaponiya
Germaniyaga urush elon qildi va uning Xitoydagi   bir qator yerlarini,
shuningdek, Tinch okeanidagi Germaniyaga qarashli bolgan bir qancha
orollarini bosib oldi. Turkiya kutilganidek Germaniyani qollab-
quvvatladi.1914 yil 22 iyulda Turkiya harbiy vaziri  shu haqda malgam
berdi. 1914 yil 2 noyabrda Rossiya, 5 va 6 noyabrda esa Angliya va Franciya
Turkiyaga urush elon qildi. Nihoyat uzoq kelishuvlardan song   1915 yil
23 mayda Italiya Avstro-Vengriyaga urush elon qildi. Shu  tariqa birinchi
jahon urushi boshlanadi.
                             Urushning sabablari
Urushning eng asosiy sabablari bu  Yevropa davlatlarining  ikki harbiy-
siyosiy guruhi  Antanta va Uchlar ittifoqi ortasida dunyoni qaytadan
bolib olish uchun kurash va jahon bozorida tasir doiralarini qaytadan
bolib olish , yangi yerlar zabt etish uchun kurash edi.
Har bir urushayotgan davlatning malum bir  maqsadi bor edi. Germaniyaning
asosiy maqsadi Angliya va Franciyaning mustamlakalarini bosib olish,
Franciya va Rossiyani kuchsizlantirish, Yevropa va Osiyoda( Sharqiy Orta
Yer dengizi mamlakatlari, Turkiya) oz hukmronligini ornatish edi.
    Avstro-Vengriya  -  Bolqonda tasir doirasini kengaytirish, zulm
ostidagi slavyan xalqlarining  milliy-ozodlik  harakatini bostirish;
    Angliyaning asosiy maqsadi Germaniyani  kuchsizlantirish, uning
mustamlakalarini bir qismini bosib olish, Usmoniylar imperiyasini bolish
edi.
    Franciyaning asosiy maqsadi Germaniyani kuchsizlantirish Germaniyaning
Elzas va Lotaringiya, Saar viloyatlarini, Reyn viloyatining bir qismini
qaytarib olish;
    Rossiyaning asosiy  maqsadi Bolqonda va Bosfor hamda Dardanel
bogozlarida oz hukmronligini ornatish, Germaniyani kuchsizlantirish,
Avstro-Vengriyaning Bolqondagi hukmronlik havfini bartaraf etish;
    Italiyaning asosiy maqsadi Afrika va Bolqonda yangi hududlar egallash
edi.
                Antanta davlatlarining bosqinchilik rejalari
    Hali urush boshlanishidan kop vaqt otmay, Antanta davlatlari
ortasida kelajak oljani qay tarzda bolib olish haqida muzokaralar
boshlanib ketdi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sazonov ittifoqchi
davlatlarlar elchilari Paleolog va Byukenenga dunyoni urushdan keyen
bolish rejalarini topshirdi. Bu dastur Germaniya va uning ittifoqchilarini
tola maglubiyatga uchratishni kozda tutar edi. Uning mazmuni quyidagicha
edi:
    1)Ittifoqchilarning eng asosiy maqsadi Germaniyaning harbiy qudratini
sindirishdan iborat; 2)hududiy ozgarishlar faqat milliy asosda
otkazilishi lozim; 3)Rossiya ixtiyoriga Nemanning  quyi oqimi va  Sharqiy
Galiciya otishi kerak edi; Poznan, Sileziya va  Garbiy Galiciya Polshaga
otishi kerak edi(uni Rossiyaga qaram davlat sifatida tiklash moljallangan
edi); 4)Franciyaga Elzas-Lotaringiya  qaytarib berilar,Reyn viloyati va
Palatinatning bir qismi berilar edi; 5)Belgiyaning hududi Germaniya
hisobiga kengaytirilar edi; 6)Shlezvig va Goldshtein Daniyaga qaytarib
berilar edi; 7)Prussiya tomonidan 1866 yil  anneksiya qilingan  Gannover
qirolligi qayta tiklanishi kerak edi; 8)Avstro-Vengriya uch davlat 
Avstriya, Vengriya va Chexiyadan iborat   monarxiyaga aylantirilishi lozim
edi; 9)Serbiyaga Bosnia, Dalmaciya, Gercegovina va Shimoliy Albaniya
berilishi kerak edi;10) Serb makedoniyasi Bolgariga berilishi kerak edi;
11) Valona Italiyaga, Janubiy Albaniya Greciyaga  berilar edi;12) German
mustamlakalari Angliya, Franciya va Yaponiya ortasida bolib olinishi
kerak edi; 13)Germaniya va Avstriyadan kontributciya undirib olinishi kerak
edi.
    Bu dasturdan korinib turibdiki Rossiya asosan  ozining
manfaatlaridan kelib chiqqan holda bu masalaga yondoshgan. 26 sentyabrda
Rossiya qoshimcha talab bilan chiqdi. U Rossiya kemalarining
bogozlardan erkin, hech qanday tosiqsiz  kechishini  kozda tutar edi.
Lekin  rus hukumati Turkiya hududini bosib olish  davolarini hali qilmagan
edi.
    Turkiyani  bolib olish masalasini ilk bor ingliz diplomatiyasi ilgari
surdi. Sazonovning dasturiga oz munosabatlarini bildira turib, Angliya
tashqi ishlar vaziri Grey:Agar Turkiya Germaniyaga qoshilsa,  bu davlat
barham topishi kerak- dedi. U tinchlik dasturiga   german flotinig
topshirilishi, Kil  kanalining neytrallashtirish, Italiya va Ruminiyaning
manfaatlari hisobga olinish kabi qoshimchalar qoshilshi  kerakligini
takidladi. Lekin Grey Franciyaga Reyn viloyati berilishiga qarshi chiqdi.
Shunday  qilib urushning dastlabki kunlaridan  ittifoqchilar ortasida
mustamlakalar borasida kelishmovchiliklar kelib chiqdi.
    Turk merosini bolib olish borasida 1914 yilning ozidayoq diplomatik
kurash avj   oldi. Ruslar uchun Turkiyaga zarba berishning eng qulay yoli
Erondan, turklarning ong qanotini aylanib otib zarba berish edi. Ingliz
hukumati bunga yol  qoyishni istamas edi. Grey rus elchisi Bekkendorf
bilan suhbatida uni shu narsaga ishontirishga harakat qilar ediki, rus
hukumati  Eron hududidan Turkiyaga qarshi urushda foydalanmasligi kerak
edi. Uning fikricha Rossiya oz kuchlarini german frontidan chalgitmasligi
kerak edi. Germaniya bilan kurash  Turkiya bilan urushning natijasini hal
qilar edi. U agar Germaniya maglubiyatga uchratilsa,
Konstantinopol(Istanbul) va bogozlar masalasi Rossiya foydasiga  hal
qilinishini  takidlaydi.
    Oradan kop otmay  Greyning fikrini Angliya qiroli Georg V takidladi.
Lekin 1914 yil 14 noyabrda rus hukumatiga  yuborilgan  rasmiy  notada
birinchi orinda Rossiya bor kuchini german frontiga yuborishi, turk
frontida esa faqat mudofaa bilan cheklanish kerakligi  haqida gapirilar
edi. Bogozlar va Stambul masalasi esa Rossiya roziligi bilan yechilishi
kerakligi takidlanar edi. Bu nota uncha ham ishonchli emas edi.
    Garbiy frontda qiyin vaziyat yuzaga kelgani sababli ittifoqchilar
qomondonligi dushmanni yengish uchun boshqa malgamc  yol izlay
boshladilar. 1915 yil 25 fevralda  ingliz va francuz kemalari Dardanel
bogozi kiraverishida joylashgan fortlarni oqqa tuta boshladilar.Dardanel
operaciyasi muvaffaqiyat qozonishiga ishonib, Greciya bosh vaziri Venizelos
Greciya Antanta tarafida urushga kirishi va Dardanel bogoziga desant va
flot yuborishga tayyor ekanligini aytdi. Chor hukumati bundan juda
hadiksiradi va Konstantinopol greklar qoliga otib ketishidan  qorqib
Greciyaning urushda qatnashishiga keskin norozi boldi.
    Lekin Greciya qiroli  Konstantin Germaniyani qollab-quvvatlar va
neytralitet tarafdori edi. U 1915 yil 6 martda Venizelosni istefo berishga
majbur qildi. Greciya neytral bolib qoldi.
    Agar Dardanel  operaciyasi muvaffaqqiyat qozonadigan bolsa,
bogozlar ustidan nazorat Angliya va Franciya qoliga otar edi. Angliya
va Franciya  Rossiyaga berilgan vada, yani Dardanel va  Bosfor bogozlari
hamda Konstantinopolni berishni biror bir rasmiy hujjat bilan
mustahkamlashga shoshilmas edilar.
                     Germaniyaning bosqinchilik rejalari
    Germaniyaning bosqinchilik rejalari oz darajasiga kora Antanta
davlatlarining rejalaridan ham kengroq edi.German hukmron doiralari dunyoni
tubdan ozgartirishni talab qilar edilar. German hukmron doiralari  orasida
paydo bolgan ikki hujjat diqqatga sazovor:oltita eng yirik Germaniya
iqtisodiy tashkilotlari chiqargan memorandum va  olimlar memorandumi. Olti
eng yirik iqtisodiy tuzilmalar memorandumi quyidagilarni nazarda tutar edi:
ingliz, francuz, belgiyaliklar va boshqa davlatlarning mustamlakalarini
bosib olish; Antanta davlatlari boyniga reparaciyalar yuklash; Belgiya
ustidan protektorat ornatish; Franciyaning La-Manshdan Somma daryosigacha
bolgan  hududlarini qoshib olish; temirga boy Brieyni, Verden, Vogez va
Belfor qasrlarini bosib olish. Shu bilan birga ushbu hududlarda bosib
olingan yirik va orta  yer mulklarni musodara qilish va ularni nemis
oficerlari qoliga berish kozda tutilgan edi. Haqiqiy yer egalarining
zararlari esa Franciya hisobiga qoplanar edi.
    Yevropaning sharqida ham yirik hududlarni Rossiya hisobiga qolga
kiritish kozda tutilgan edi. Hujjat tuzivchilarning fikricha urushdan
song sanoatning rivojlanishi uchun yirik agrar  baza kerak bolar
edi.Shuning uchun ulkan yer resurslari talab qilinar edi. Yuqorida
keltirilgan hujjat osha paytda paydo bolgan minglab shu kabi hujjatlardan
biri bolib, ularning bazilari matbuotda elon qilinar, bazilari faqat
hukmron doiralar uchun moljallangan edi.
    Germaniyaning hukmron doiralari buyuk davlatchilik shovinizmi bilan
mast edilar va butun dunyoda Germaniya hukmronligini ornamoqchi edilar.
Ammo ozlarini koklarga kotarib maqtaydigan bazi kishilardan farqli
olarog Germaniyaning osha paydagi kancleri  Betman-Goltbeg  ehtiyotkor
siyosat tutdi va oz chiqishlarida Germaniya bosqinchilik urushi  olib
bormasligini takidlar edi.Ammo  haqiqatda esa u juda katta hududlarni
Germaniya qol ostida birlashtirishga qaror qilgan edi.

                 1914-1917 yillardagi  jangovor  harakatlar
    Germaniya qomondonligi harbiy harakatlar rejasiga muvofiq 4 avgust
kuniyoq Belgiyaga asosiy hujumni boshladi.Bu yerda mudofaani yorib otish
va Yevropaning hayotiy ahamiyatga ega bolgan sanoat rayonlarini egallab,
bir hamla bilan urushni yakunlash nazarda tutilgan edi. Germaniya qurolli
kuchlari shiddatli hujum natijasida bir necha hafta mobaynida deyarli
jangsiz Belgiyani bosib otdilar va Franciya hududiga kirib, Sena daryosi
irmogi bolgan  Marna sohillariga  chiqdilar.1914 yilning 5-12 sentyabr
kunlari Marna boyida francuz va nemis qoshinlari  ortasida ogir jangler
bolib otdi. Unda nemis  qoshinlari maglubiyatga uchradilar.
    Sharqiy Prussiyada rus askarlarining hujumga otganligi nemis
qoshinlarining maglubiyatida hal qiluvchi ahamiyatga ega boldi. Rus
armiyasining hujumi dastlab muvaffaqiyatli boshlandi. U Galiciyani egallab,
Sharqiy Prussiya hududiga yorib kirdi.Germaniya qomondonligi rus
qoshinlarining hujumini qaytarish uchun askarlarining bir qismini Marna
boyidan Prussiyaga tashlashga majbur boldi.
    1914 yil oktyabr  oyida turkiyaning urushga kirishi munosabati bilan
Kavkazorti, Mesopatamiya, Suriya va  Falastinning   sharqiy chegarasida
yangi frontlar vujudga keldi. Ammo turk armiyasi urushga tayyor
bolmaganligi sababli Kavkazortida rus qoshinlaridan bir qator ogir
maglubiyatlarga uchradilar.
    1915 yil 23 mayda  Italiya Antantaga qoshildi, osha yil oktyabr oyida
esa Bolgariya Germaniya-Avstriya ittifoqiga qoshildi.
    Marna boyidagi janglarda maglubiyat alamini tortgan ittifoqchi
qoshinlar Germaniyaning sherigi Turkiyani urushdan chiqarish uchun
dengizda bir qator operaciyalarni malgam oshirdilar. 1915 yil fevral oyida
ingliz  francuz floti Turkiyaning Dardanel  bogozidagi istehkomlarni
bombalashga kirishdi. Ammo bu hujumlar kozlangan natijani bermadi. Bu
operaciya davomida 200 mingdan ortiq kishi halok boldi va yaralandi.
Natijada ana shu hamla tashabbuskori, Angliya harbiy flotining birinchi
lordi Uinston Cherchill vazifasidan chetlashtirildi.Shundan keyen  uning
siyosiy faoliyatida 25 yil tanaffus boldi.
    Shu bilan faol jangovor harakatlar tohtab  qoldi. Butun yil davomida
mantiqsiz turgun urush davom etdi. Tomonlardan hech biri vujudga kelgan
vaziyatni buzishni istamas edi. Lekin, diplomatlar faol ish olib bordilar.
    Dardanell operaciyasining boshlanishi munosabati bilan Rossiya tashqi
ishlar vaziri Sazonov ittifoqchilardan rasmiy majburiyat, yani Turkiya
atrofidagi bogozlarni berishni talab qildi. U agar Rossiyaning
ittifoqchilari oz majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsalar u istefo
berishga majbur bolishini aytdi. Bu shuni anglatar ediki uni Germaniya
bilan ittifoqchi bolish tarafdori bolgan kishi bilan almashtirishlari
mumkin edi.Bazi bir malumotlarga kora osha paytda rus podshosi saroyida
qirolicha boshchiligida nemis saroyini qollab quvatlovchi katta firqa
mavjud bolgan.
    1915 yil 12 martda Angliya rasmiy nota orqali Konstantinopol  va  unga
tutashgan hududni,Bosfor va Marmar dengizining garbiy qismini, Gallipol
yarim orolini, Janibiy Frakiyani Rossiyaga berishini tasdiqladi. Lekin
Rossiya bu hududlarni faqatgina Angliya va Franciya Turkiyaning Osiyodagi
mustamlakalarni bosib olsalargina, egalik huquqini olar edi. Rossiyaning
qoliga  bogozlar  otishi evaziga Angliya Eronning neytral deb elon
qilingan hudidini olishi kerak edi.Bu esa Angliya qoliga cheksiz neft
zaxiralarining otishiga olib kelar edi.
    Franciya esa Turkiyaga juda katta investiciyalar kiritgan edi. Shuning
uchun Turkiyani bolib tashlash rejasiga Franciya salbiy munosabat
bildirgan edi.Ammo Turkiyaning Osiyodagi  yerlaridan katta ulush olishini
moljallagan Franciya hukumati 10 aprel kuni ingliz-rus shartnomasi
shartlariga rozi boldi.
    Dardanel boyidagi operaciyaning barbod bolishi Antanta
ittifoqchilarini  Grbiy frontdagi jangovor harakatlarga qaytishga majbur
qildi. Germaniya ham Franciya hududida hal qiluvchi jangga kirishishni va
uning qarshiligini sindirishni rejalashtirdi. Germaniya bosh shtabi
Franciyaga uning eng mustahkam mavqei  Verden qalasi orqali hujum
uyushtirishga ahd qildi. 1916 yil  21 fevralda germaniyaning 5-armiyasi
ulkan harbiy operaciyani boshladi. Hujumdan oldin francuz istehkomlari
toplardan shiddatli oqqa tutildi. Krupp zavodlarida tayyorlangan va uning
qizi Berta nomi bilan  Katta Berta deb atalgan ota kuchli toplar bilan
jami 850 ta ogir top ishga tishdi. Jangda Evropaning eng qudratli ikki
armiyasi yuzma-yuz keldi. Milliy gurur tuygusi junbushga keldi.Franciya
qomondonligi bir qadam ham chekinmaslikka buyruq berdi, askarlar songgi
nafaslarigacha  jang qildilar.Verden Franciyaning va francuz armiyasining
ruxini kotardi. Verden ostonalaridagi jang 1916 yil 21 dekabrgacha davom
etdi va ikkala tomonga ham katta talafotlar keltirdi. Franciya va Germaniya
bu yerda 700 mingdan ortiq askar yoqotdi.
    Verden jangining yakunida Rossiya armiyasi katta rol oynadi. Bu
yerdagi janglarning hal qiluvchi bosqichi general  Brusilov
qomondonligidagi rus armiyasining Janubiy-Garbiy frontga hujum boshlashi
va Avstriyaning 1,5 millonga yaqin askar va zobitini yoq qilishi bilan
yakunlandi.Shundan song Avstro-Vengriya amalda jangovor harakatlar qilish
qobiliyatini yoqotdi, Germaniya esa tezda bu frontga ozining asosiy
zaxira kuchlarini tashlashga majbur boldi.
    Verden ostonalarida jang davom etayotgan bir paytda  Antanta
ittifoqchilari Somma  daryosi boyida Verdendan 250 km va La-Manshdan 90 km
bolgan ingliz mudofaa sektorida hujum boshladilar. Britaniya toplari
deyarli etti kun davomida  german qoshinlarini oqqa tutdi.1916 yil 1
iyulda  Britaniya kongilli askarlari hujumga tashlandilar.Ularning soni
100 mingdan ortiq edi, ammo inglizlarning hujumi yerga chuqur komilgan
nemis pulemetlarining shiddatli otiga duch keldi. Nemislarning talafoti
kop edi, ammo inglizlar ham jami olganlar va yaralanganlar bilan  50
mingdan  ortiq kishini yoqotdilar. Bu mantiqsiz qonli qirginda  hech
qaysi tomon muvaffaqiyatga erisha olmadi.
    1916 yili Yevropada hammasi bolib 2 milliondan ortiq kishi halok
boldi, ammo urushda ozgarish bolmadi.Germaniya va Avstro-vengriya moddiy
manbalari yugab borardi. Ingliz flotining ustunligi sababli dengiz
tomonidan qilingan qamal nihoyatda samarali boldi. Qamal tufayli Germaniya
oziq-ovqat va malgamc xom-ashyolarning  ozidagi zaxiralari bilan
kifoyalani9shga majbur boldi. Bu esa surunkali urush olib borish uchun
yetarli emas edi. Antantaga esa AQSh yordam berar va u oz  mustamlakalari
manbalaridan erkin foydalanish imkoniyatiga ega edi.
    Rossiyadagi ahvol juda ogir edi. Uning hom  ashyosi va inson
manbalari yetarli bolsa-da, iqtisodiy qoloqlik ulardan samarali
foydalanish imkonini bermas edi. Transport tizimining tamomila  izdan
chiqqanligi, harbiy idoralardagi ogrilik, harbiy-siyosiy va iqtisodiy
tuzulmalarning eskirgan tizimi va tartibsizliklar Rossiyani iqtisodiy va
siyosiy inqiroz eshigiga olib keldi.
                      Bolgariyaning urushga qoshilishi
    Italiyaning siyosiy orientaciyasi va Uzoq Sharqdagi  kurash bilan birga
Bolqon uchun kurash ham avj olib ketdi.Bu yerda Bolgariyaning  ahmayati
katta edi. Birinchidan Bolgariya  eng katta armiyaga ega edi. Ikkinchidan
ozining qulay geografik yerda joylashganligi sababli u ham Serbiyaga , ham
Greciyaga va Ruminiyaga qulay hijum qilish uchun placdarm edi.Agar
Bolgariya Germaniya tarafida urushga kirsa, u holda Serbiya zarba ostida
qolar edi va Ruminayaning Antantaga  kirishinni qiyinlashtirar edi.Agar
Bolgariya Antantaga qoshilsa, u holda serbiya uchun yordam taminlanar edi
va Greciya va Ruminiya Bolgariyadan namuna olar edilar.
    Shunday qilib 1914 yildagi urush holatida Bolgariya butun Bolqon yarim
orolining kalitiga aylandi.Shuning uchun urushayotgan davlatlar urushning
dastlabki kunlaridan bolgariyani oztaraflarida urushni boshlashga harakat
qildilar.Rossiya tashqi ishlar vaziri Sazonov  shuning uchun ham
Bolgariyani Rossiya tarafiga ogdirish uchun  kop zor berdi. Antanta
Bolgariya bilan kelishuvga faqat bir holda erishishi mumkin edi.Bu ham
bolsa Serbiya va Greciyani 1913 yil Bolgariyadan tortib olgan hududlarni
qaytarib berishga kondirish edi.Sazonov 1914 yil avgust oyidan boshlab
serb va grek hukumatlariga Bolgariyaga bazi bir yon berishlarga borishini
sorab murojaat qilgan edi. Ammo Greciyadan buni sorash mantiqqa togri
kelmas edi.Bu narsa faqat Greciya qiroli boshchiligidagi Germaniya
tarafdorlari poziciyalarini mustahkamlar edi.Qolaversa  Greciya Bosh vaziri
Venizelos  Antanta tarafdori bolsa-da, Greciya urushga ozining ashaddiy
dushmani bolgan Bolgariga hududiy yon bosishlar evaziga   kirmasligi aniq
edi.
    Antantaning Serbiyadan umidi katta edi.serbiya urushga kirgan edi. Va
neytral Greciyaning axvoliga kora uning axvoli qiyinroq edi.serbiya bosh
vaziri Pashich Bolgariyaga serb Makedoniyasini berishga qaror qildi, buning
evaziga agar Antanta galaba qozonadigan bolsa, Serbiya  Avstriyaga
tegishli bolgan bir qator janubiy slavyanlar yashaydigan hududlarni olishi
kerak edi.Ammo bunday noaniq vadalar bilan Bolgariyani kondirish juda
qiyin edi.Bolgariya Antanta tarafida urushga kirishi uchun makedoniyani
talab qilayotgan edi.Bunga serblar Makedoniyaning bir qismini bolgarlarga
berguncha, butun Serbiyani Avstriya  bergan maqul  deb javob berdilar.
    Germaniyaning Bolgariyadagi tasiri juda katta edi.qirol Ferdinand
ularning tatafida edi.Urushning birinchi kunlaridanoq Germaniya va Avstriya
Bolgariyani Serbiyaga hujum qilishga undab kelayotgan edi.Germaniya va
uning ittifoqchilari Bolgariyaga  butun Makedoniyani, eski Serbiyani va
agar Ruminiya Antantaga qoshilsa, Janibiy va Shimoliy Dombrudjani berishga
vada berdilar.Ammo Bolgariya hali urushga tayyor emas edi. Bolgariya
neytral vaziyatda qolishni afzakl topdi.
    Bolgariya uchun bolgan kurashning natijasini harbiy vaziyatning
ozgarishi hal qildi. Dardanel operaciyasining maglubiyatga uchrashi, rus
armiyasining sharqiy frontdagi ogir maglubiyati va Avstriya va Germaniya
qoshinlarining Serbiyaga qarshi katta qoshin yuborishi ham bolgar hukmron
doiralarining qorquvini bosdi. Qirol Ferdinand  va uning tarafdorlari
katta oljalar vada berayotgan, ammo Bolgariya uchun havfli bolgan
Germaniya tarafida urushga kirishga qaroq qildilar.1915 yil 3 sentyabr kuni
Turkiya  Bolgariya, 6 sentyabr kuni esa Bolgariya, Germaniya va Avstro-
Vengriya ortasida  ozaro ittifoqchilik togrisida shartnoma imzolandi.
Shunday qilib Tortlat ittifoqi tuzildi.
    Greciya borasida ham qiyinmasala turar edi.U kim tarafida urushadi?
Germaniya tarafidami yoki Antanta? 1915 yil avgustda Greciya parlamentiga
saylovlar natijasida hukumat tepasiga yana  Venizelos keldi. Osha yili
sentyabrda  Bolgariyaning Serbiyaga hujum qilish xavfi tugilganda grek
bosh vaziri Serbiyaga  yordam berishi haqida aytdi, lekin buning uchun
ittifoqchi davlatlar Salonikiga 150 ming kishilik armiyani jonatishlari
kerak edi.
    Franciya va Angliya Venizelosning ushbu taklifini qabul qildilar. Ammo
francuz qomondoni  Joffer bunga qattiq qarshilik korsatdi. Aytilgan
qoshinga 22 ming kishi yetmas edi.Greciya bilan ittifoqchilar ortasida
muzokaralar olib borilayotgan vaqtda grek qiroli ikkinchi marta Venizelosni
 lavozimidan ozod etdi va Greciya yana oz neytralitetini elon
qildi.Salonikiga hali bor yogi  80 ming kishilik armiya tashlangan edi.
Bundan foydalangan Bolgariya qoshinlari 14 oktyabr kuni Serbiyaga hujum
qildi. Bir paytning ozida shimol tarafdan Avstro-Vengriya va Germaniya
qoshinlari hujumga otdi. Ittifoqchilarning  Salonikidagi qoshinlari
Serbiyani qutqarib qola olmadi.Serbiya armiyasi tola maglubiyatga uchradi
va uning qolgan qutgan qismi Korfu oroliga evakuaciya qilindi.
                   Birinchi jahon urushi davrida Yaponiya
    Yevropadagi urush Yaponiya uchun qulay vaziyat tug;dirar edi. Buning
natijasida Yaponiya Germaniyaning  Xitoydagi va Tinch okeanidagi
mustamlakalarini bosib oldi.1914 yil Yaponiya Xitoyga qarshi hal qiluvchi
jangga tayyorlana boshladi.
    !914 yil dekabr oyida Yaponiya tashqi ishlar vaziri Kato yapon
siyosatining  mazmunini ommaga anglatish uchun nutq sozladi. 1914 yil 15
avgust kuni Yaponiyaning  Germaniyaga qoygan  ultimatumiga  kora Yaponiya
osha paytda Germaniyaga tegishli bolgan  Czanchjouni  Xitoyga qaytarib
berish maqsadida olayotganini malum qilgan edi. Endi esa Kato bu taklif
Germaniyaga  faqat  mojaroning tinch yol bilan hal  qilish umidida
qilinganligini takidlaydi. Nemislar bu taklifga konmadilar va endi
Czanchjou taqdiri urush tugagandan song hal qilinadigan boldi.Yaponiya
hech bir boshqa chet davlat oldida ushbu masala yuzasidan majburiyat olgani
yoq. [1]
    Umuman olganda Yaponiya  Uzoq Sharqda  faqat Germaniya yerlari bilan
cheklanib qolmas edi. Gap butun Xitoyning taqdiri haqida ketayotgan
edi.1915 yil 18 fevral kuni Xitoy hukumatiga yaponiyaning rasmiy notasi
jonatiladi.Unda Yaponiyaning Xitoyga  5 qismdan iborat bolgan 21 moddali
talablari  joy olgan edi.
    Talablarning birinchi guruxi Shandunni Germaniya tasir doirasidan
Yaponiya tasir doirasiga aylantirishni kozda tutar edi. Bu gurux
talablarning eng muximida shunday  deyilardi:Xitoy hukumati Shandun
provinciyasi borasida Yaponiya va Germaniya qandat qarorga kelishidan
qatiy nazar ilgari Germaniya bilan tuzilgan kelishuvlar, shartnomalar
sababli hamma shartlarga tola rozilik berish majburiyatini oladi.
    Talablarning ikkinchi guruxi esa Shandun provinciyasi boshiga tushgan
taqdirni sharqiy Moguliston, Janibiy Manjuriya  boshiga solishni nazarda
tutar edi. Port-Artur, Janibiy Manjuriya va Andun-Mukden temir yollarining
ijaraga olish muddati yana 99 yilga chozilishi kozda tutilgan edi. Undan
tashqari yapon fuqarolari  Janubiy Manjuriya va Sharqiy Mogulistonda
yangi yerlar sotib olish, ushbu hududlarga erkin kochib kelish va u
yerlarda sanoat, savdo-sotiq va boshqa sohalar bilan shugullanish huquqini
olar edilar. Xitoyga  tog-kon sanoatida Yaponiyaga koncessiyalar berish
taklif qilingandi. Bundan tashqari Xitoy Yaponiyaning roziligisiz ushbu
hududlarda temir yollar qurilishi boyicha boshqa davlatlarga
koncessiyalar bermaslik  majburiyatini olishi kerak edi.va nixoyat Xitoy
Yaponiyaga Girin  Chanchun temir yolini nazorat qilish va boshqarishni
topshirishi kerak edi.
    Uchinchi gurux talablar esa asosan Xitoydagi yapon korxonalariga katta
imtiyozlar berilishiga qaratilgan edi. Unda asosan Xanyepin kompaniyasi,
komir-metallurgiya kombinatini  aralash  xitoy-yapon jamiyatiga
aylantirish moljallangan edi. Yaponiyaning roziligisiz Xitoy oz
tashabbisi bilan bu kompaniyaga berilgan haq-huquqular va  mol-mulkdan
foydalanoshi taqiqlanadi va ushbu vakolat Yaponiya uchun 2007 yilgacha
berilishi kerak edi.Xanyonin kompaniyasiga  uning korxonalari atrofida
joylashgan tog-kon resurslaridan foydalanishga monopol huquq berilgan edi.
    Tortinchi gurux talablarda oldingi talablarning kafolati tarzida
Xitoyning hududiy yaxlitligini taminlash  haqida gap borar edi. Aslida esa
bu Yaponiyaning Xitoyda gegemonligini taminlashiga qaratilgan tadbir edi.
    Lekin eng qiyin talablar beshinchi gurux talablar edi.Ushbu
talablarning qabul qilinishi Xitoyning Yaponiya protektoratini qabul
qilishni anglatardi.ulkardan asosiylari quyidagilar:1-modda. Xitoy
hukumati muhim iqtisodiy, siyosiy va harbiy ishlar boyicha yapon
mutaxasislarini maslahatchi tarzida taklif qiladilar. 3-modda.Xitoyning
markaziy joylarida policiya yaponlar va xitoylar tomonidan boshqarilishi
yoki  u yerda policiyachilar asosan yaponlardan iborat bolishi kerak .  4-
modda.Xitoy Yaponiyadan Xitoy hukumatiga kerak bolgan malum  miqdordagi
qurol-aslaha sotib oladi(umumiy talabning 50% miqdorida)yoki Xitoyning
ozida yapon-xitoy arsenali yaratiladi.Bu maqsadda Yaponiyadan  texnik
ekspertlar taklif qilinishi va yapon  materiallari sotib olinishi mumkin.
Huddi shu yerda Xitoyning  Fuczyan provinciyasini yapon tasir doirasiga
kiritishni nazarda tutgan modda bor edi.Ushbu provinciya juda qulay
geostrategik nuqtada joylashgan  bolib, Yaponiyaning Gonkong va Filippinni
susaytirish uchun yaxshi imkoniyat yaratar edi.Undan tashqari yapon
fuqarolari missionerlik  faoliyati bilan shugullanish erkinligini beruvchi
modda ham bor edi.Agar Yaponiyaning 21 modda talablari malgam oshsa, Xitoy
Yaponiyaga tola ravishda boysundirilar edi.
    AQSh Yaponiyaning  Xitoydagi harakatlarini cheklashga harakat qildi.
Shu maqsadda AQSh Xitoyga diplomatik yordam korsatdi. 1915 yil mart oyida
AQSh davlat kotibi Brayan Yaponiya hukumatiga uning Xitoyga nisbatan
qoyilgan talablarga qarshiligi haqida nota yubordi.
    Yuan Shikay hukumati yapon hukumatiga oz javobini aytishga shoshilmas
edi.Buning sababi olaroq Yaponiya Shandun, Manchjuriya va bir qator
joylarda oz qoshinlarini kuchaytirdi.
    Xitoy esa qolaversa Yaponiyaning Czyanchouni qaytarishini va kelgusi
yapon-german muzokaralarida xitoyning ham ishtirok etishini soradi. Buning
javobi tarzida 1915 yil 7 may kuni Yaponiyaning  Xitoyga nisbatan
ultimatumi elon qilindi.Unga kora agar Xitoy  Yaponiya  qoygan
talablarga rozi bolmasa, unda Yaponiya ozi joiz deb bilgan istalgan
chorani qollashini aytdi. Ammo  Amerikaning aralashuvidan hadiksirab
Yaponiya beshinchi gurux talablaridan voz kechdi. Faqatgina Funczyan
provinciyasiga aloqador modda qoldirilgan edi.
    AQSh boshqa yirik davlatlarning aralashuvini tashkil etmoqchi boldi.
Ammo na Angliya, na Rossiya Germaniyaga qarshi urush sharoitida  Yaponiya
bilan janjallashishni istamas edi. 8 may  kuni Xitoy ultimatum shartlarini
qabul qildi.
    Oradan bir necha kun otmasdan AQSh  Tokioga shuni habar qildiki, AQSh
hukumati Xitoy va Yaponiya ortasidagi shartnomani tan olmaydi va ushbu
shartnoma AQSh manfaatlariga togri kelmaydi, qolaversa Xitodagi hamma
millatlar haq-huquqlarini poymol etadi.Ammo AQSh  amalda Xitoyga yordam
berish uchun  hech qanday choralar qollamadi.
                   Birinchi jahon urushining yakunlanishi
    Rossiyada fevral inqilobi oqibatida bu davlat urushdan chiqishga majbur
boldi. Buning uchun 1918 yil 3 martda  Brest-Litovsk shaxrida Germaniya
bilan tinchlik shartnomasi imzolandi.Brest-Litovskdagi shartnoma Antanta
mavqeini anchagina kuchsizlantirdi. Germaniya bundan foydalanib hal
qiluvchi zarba berishga ahd qildi.1916 yildan boshlab Germaniya Sharqiy
Yevropani oz nazorati ostiga olgan, uning barcha boyliklari, ayniqsa, oziq-
ovqatidan foydalanish, ozining barcha qurolli kuchlarini garbiy frontda
toplashga erishgan edi.Jang deyarli 4 yildan buyon davom etar,
tomonlarning hech qaysisi  hal qiluvchi muvaffaqiyyatga erisha olmagan edi.
Front chizigining har ikki tomonida qazilgan handaklar Belgiya
soxillaridagi Nyu-Port shaxridan Ipr, Arras, Albert, Suasson, Reyms va
Verdengacha chozilgan edi.Koplab qurbonlar berilishi va zaharlovchi
moddalar hamda tanklar singari yangi qurol turlaridan foydalanishga
qaramay, urushayotgan tomonlarning muvaffaqqiyat qozonish uchun jon-
jaxdlari bilan qilgan harakatlari hech bir natija  bermadi.
    Germaniya qomondonligi jangni golibona tasirchan zarba bilan
yakunlashga qaror qildi. 1918 yil aprel oyida nemis qoshinlari Antanta
mavqelariga kuchli hujum boshladi. Dastlab ular muvaffaqiyatli hamla qilib,
Antanta qoshinlari mudofaasini yorib otdilar va Marna daryosi sohillariga
chiqdilar. Uzoqqa otadigan toplar bilan Parijni oqaa tutdilar. Ammo
muvaffaqiyatni mustahkamlash uchun Germaniya yetarli zaxira topa
olmadi.Mamlakat holdan toygan, armayaning harbiy ruhi chokkan, xalq
urushdan charchagan edi. Ayni paytda Antanta AQSh dan toxtovsiz yordam
olib turardi. AQSh shartnomaga qoshilgan mamlakat sifatida 1917 yil
aprel oyida urushga kirgan edi.Germaniya endi hujum qilishdan ojiz ekanligi
malum bolib qolgach, Antanta mamlakatlari barcha frontlarda hujumga
otadilar va nemis qoshinlari bosib olgan Belgiya va Franciya hududidan
siqib chiqara boshladilar.
    Antanta davlatlarining hujumi 1918 yil avgust oyida boshhlandi.
Germaniyaning garbdagi fronti yorib otildi va Antanta qoshinlari uchun
Germaniya hududiga yol ochildi.Bolqonda, Saloniki shahri yaqinlarida
ittifoqchilarning kop millatli ekspediciya korpusi bolgar qoshinlari
mudofaa chiziqini yorib otdi va oktyabrda Dunay soxillariga
chiqdi.Avstriya qoshinlari Vitoriyo Veneto yaqinida 1918 yil sentyabrida
maglubiyatga uchradilar. Germaniya  boshchiligidagi Tortlat ittifoqi
harbiy jihatdan maglub bolib, tarqalib ketdi.
    Germaniya oliy qomondonligi shundan keyen maglubiyatdan qochib
qutulolmasligini anglab yetdi. Amalda butun hokimiyatni oz qolida tutgan
Germaniya bosh shtabi boshligi general E. Lyudendorf Germaniyaning harbiy
maglubiyatini tan olmagan holda faxrli tinchlik bitimini imzolash
yollarini qidira boshladi. Kelajakda maglubiyat masuliyati harbiylarga,
armiya va generallarga emas, balki Germaniya armiyasini saqlab qolish uchun
bu ishni hal qilishga hozir bolgan fuqaro shaxslar, diplomatlar va
amaldorlar zimmasiga tushishi uchun tezda sulx  tuzulishini talab qilmoqda
edi. Ammo ittifoqchilar, birinchi navbatda AQSH prezidenti Vudro Vilson
muzokaralarni faqat Germaniya demokratik hukumati vakillari bilan olib
borishlari mumkinligini aytib, kayzer Vilgelm hukumati bilan bitim tuzish
taklifini qatiyan rad etdilar. Lyudendorf  ittifoqchilarning bu taklifini
qabul qilinishini va darhol demokratik asosda yangi hukumat tuzishni
yoqlab chiqdi.1918 yil oktabyirida shaxzoda Maks Badenskiy  hukumati
tuzildi.U Germaniya xalqi nomidan muzokara olib borishi kerak edi.Ammo
Antanta mamlakatlari hukumatlari buni qabul qilmadi, chunki u kayzerning
avtoritar tartiboti vakili edi.
    Bu orada Antanta qoshinlari barcha frontlarda hujumni kuchaytirdilar
va Germaniya ittifoqchilari birin-ketin taslim bola boshladi.
    1918 yil 4 oktyabr kuni Chexiya va Slovakiya Avstro-Vengriya tarkibidan
ajralib chiqdi hamda mustaqil Chexoslavakiya davlati tuzilganinin elon
qilindi.
    28 oktyabrda Serb, horvat va slovenlar qirolligi tuzilganligi elon
qilindi. (1918 yildan boshlab Yugoslaviya qirolligi). Shimoliy Bukovina
Ukrainaga, Galiciya Polshaga qoshliganligini bildirdi
    31 oktyabrda Avstriya va Vengriyada monarxiyalar agdarib tashlandi
hamda Avstriya va Vengriya  respublikalari tuzildi. Ular Antanta
mamlakatlari taklif etgan yarashuv shartlarini qabul qildilar.
    1918 yil 29 sentyabrda Bolgariya, 30 oktyabrda Turkiya, 3 noyabrda
Avstro-Vengriya  taslin boldi.30 oktyabrda Turkiya imzolagan tarashuv
bitimiga kora, uning qoshinlari arab mamlakatlaridan olib chiqilishi,
turk armiyasi qurolsizlanishi, flot ingliz va francuz boshqaruvi ostiga
otishi lozim edi.
    1918 yil 30 sentyabr kuni Germaniya hukumati AQSh ga yarashuv bitimini
imzolash taklifi bilan murojaat qildi. Ayni paytda qoshinlar qomondonligi
Mamlakat harbiy axvolini yaxshilash uchun yirik dengiz operaciyasini
boshlash haqida qaror qabulk qildi. 30 oktyabrda Germaniya harbiy eskadrasi

    1918 yil 9 noyabr kuni Germaniyada respublika elon qilindi.Oradan ikki
kun otgach, 1918 yil 11 noyabr kuni Parij yaqinidagi Kompyen ormonida,
Yevropadagi Antanta qoshinlari bosh qomondoni francuz marshali Foshning
vagon qarorgohida Germaniya hayati oz hukumati nomidan yarashuv haqidagi,
amalda Germaniyaning maglubiyati borasidagi bitimni imzoladi.
                                   Xulosa
    Birinchi jahon urushi mobaynida xalqaro munosabatlar asosan
urushayotgan mamlakatlar  ortasidagi ziddiyatlarning kuchayishi va har bir
davlatning hoh u yirik bolsin, hoh u kichik urush paytida vujudga kelgan
bazi bir qulay vaziyatlardan foydalanib qolish bilan asoslanadi.Urush
davomida va ungacha bolgan paytda asosan ikki blok Antanta  va Germaniya
boshchiligidagi blokning ozlariga ittifoqchilar axtarish, urushning
borishini oz foydalariga hal qilish uchun kurash boradi.Ammo voqealar
qanday rivojlanishidan qatiy nazar birinchi jahon urushida hech bir
urushyotgan davlat aytarli yutuqqa erishmadi.Bu urushda bevosita 36 davlat
qatnashib, ularning urushga jalb etgan inson resurslari 70 milliondan
oshdi.Qurbon bolganlar va yaralanganlar  soni esa 18 million kishini
tashkil etdi.



                           Foydalangan adabiyotlar
       1. 1914 yil 1 avgust, Yakovlev N. N.,Moskva, Fargus.
       2. Yangi va eng yangi tarix, Popov E. I., Moskva.
       3. Yevropa tarixi,Koll. avtorov.,M.,1986-1996
       4. Eng yangi tarix XX asr, Kreder A.A, M., 1996
       5. Jahon tarixi-eng yangi davr, 1 qism, G.A. Hidoyatov , T.,2000
-----------------------
[1] Mejdunarodniyi otniosheniya,seriya iii, t.VI, ch. 11,25 b.